О школе
Sodiq School — мы верны знаниям, мы верны Вам!
Sodiq School — O‘zbekistondagi xususiy maktablar orasida ilk bor o‘z bitiruvchisini Harvard universitetiga yetkazgan maktab sifatida ajralib turadi. Bu maktabda o‘quvchilar dunyoning eng nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi. Xalqaro darajadagi IELTS, SAT, AP va A-Level kabi imtihonlar aynan maktab davridayoq o‘zlashtiriladi va muvaffaqiyatli topshiriladi. 2025–2026 o‘quv yilidan boshlab Sodiq School yana bir yangilikka qo‘l urib, O‘zbekistonda birinchi bo‘lib tibbiyot yo‘nalishiga ixtisoslashgan, dunyoning TOP universitetlariga tayyorlovchi maxsus sinflarni tashkil etdi. Bu yondashuv orqali maktab nafaqat akademik tayyorgarlik, balki kasbga yo‘naltirilgan chuqur bilim berishga ham katta e’tibor qaratmoqda. Bugungi kungacha Sodiq School’ning 230 nafar bitiruvchisi 500 dan ortiq xalqaro universitetlardan qabul xatlarini qo‘lga kiritgan. Bu esa maktabning sifatli ta’limga bo‘lgan sadoqatini va o‘quvchilariga berilayotgan imkoniyatlarning kengligini yaqqol tasdiqlaydi.
Галерея
6 фотоИнфраструктура
Дополнительные занятия
Учебная информация
Контакты и адрес
Похожие школы
Другие частные школы в районе Sergeli и рядом.




