Maktab haqida
Yakkasaroy tumanidagi Britaniya dasturli xalqaro maktab — 1-11 sinf, yillik 110 mln so'm.
Tashkent Ulugbek International School (TUIS) — Yakkasaroy tumanidagi xalqaro maktab. 6 yoshdan 17-18 yoshgacha, ya'ni 1-sinfdan 11-sinfgacha ta'lim beradi. Maktab Tashqi ishlar vazirligi tasarrufida ishlaydi. Ta'lim ingliz tilida, Angliya milliy o'quv dasturi asosida olib boriladi. 1-4-sinflarda asosiy fanlar — ingliz tili, matematika va tabiiy fanlar; ularga qo'shimcha san'at va dizayn, geografiya, tarix, musiqa va jismoniy tarbiya o'qitiladi. 5-9-sinflar Key Stage 3 dasturida davom etadi. Ta'lim tili ingliz bo'lsa-da, o'zbek, rus va fransuz tillari ham o'qitiladi. Sinflar kichik — o'rtacha 12 o'quvchi, jami 300 ga yaqin bola o'qiydi. Boshlang'ich sinflarda shaxmat, origami, o'qish, she'riyat, pianino, jurnalistika, vokal, xoreografiya, tennis va gimnastika to'garaklari; yuqori sinflarda kitob klubi, drama, debat, gitara, basketbol va tikuvchilik to'garaklari ishlaydi. Kiyim tartibi erkin-rasmiy (smart casual): shim yoki jinsi, ko'ylak, futbolka va tuflik. Yirtiq jinsi, taqinchoq, shortik va kalta yubka mumkin emas.
Sinf darajalari
Qo'shimcha mashg'ulotlar
Akademik ma'lumotlar
To'lov tafsilotlari
To'lash tartibi:
Kundalik hayot
Aloqa va joylashuv
O'xshash maktablar
Yakkasaroy va atrofdagi boshqa xususiy maktablar.

